(UZ) Bugun pochtachi eshikni jiringlatib bir qutichani topshirib ketdi. Iye, man hech narsa buyurmagandimku deb ochib qarasam, ichida shokoladli qand. Eski tanish mijozdan ekan. Eslab esi
mga tushdi. Ho‘ kuni „tarjima kerak, tezda qilib bering, qancha desangiz to‘layman“ deb murjaat qilgandi. Hech qancha ish emas ekan, o‘sha zahotiyoq bepulga tarjima qilib bergandim. Endi ovora bo‘lib shunday minnatdorchilik bildiribdi. Biram yaxshi va chiroyli odob-ahloqli vatandoshlar bor-ey. Borlaringga shukr. Baribir o‘zimizning sharqiy madaniyat va muomala boshqacha! Pralinen weiterlesen →