Buyurtma berish

Tasdiqlangan tarjima (beglaubigte Übersetzung) uchun narxni belgilash uchun men oldin hujjatni yoki matnni ko‘rib chiqishim kerak. Shuning uchun skanerda olingan nusxalarni Kontakt Übersetzer Dolmetscher Usbekisch Russisch e-mailiga jo‘nating yoki pastdagi aloqa formulyaridan foydalaning.

Hujjatni to‘liq ko‘rinishda, ya’ni chekkalari bilan, tekis, rangli va sifatli qilib skanerdan o‘tkazing, chunki bu nusxalar tarjima tarkibiga kiritilib, birga bog‘lab qo‘yiladi. Agar matn tarjima qilinishi kerak bo‘lsa, yaxshisi uni Word formatida jo‘nating.

Agar hujjat egasining familiyasi, ismi va otasining ismi pasportda boshqacha yozilgan bo‘lsa, yaxshisi menga pasportdan olingan nusxani ham jo‘nating. Keyin men pasportdagi ism-shariflarni tarjimada belgilab qo‘yaman.

E’tibor bering:
Ko‘rsatmaga muvofiq, har bir tasdiqlanayotgan tarjimada (beglaubigte Übersetzung) hujjatning asl nusxasi, tasdiqlangan nusxasi yoki oddiy nusxasi qo‘llanganligi ko‘rsatib o‘tilishi shart. Shuning uchun avval hujjatingizni qabul qiladigan idorada tarjima hujjatning aslidan qilinishi shartmi yoki yo‘qligini aniqlang. Agar tarjima uchun hujjatning asli yoki tasdiqlangan nusxasi qo‘llanishi kerak bo‘lsa, uni menga taqdim etishingizni so‘rayman. Hujjatning aslini yoki tasdiqlangan nusxasini pochta orqali buyurtma xat (per Einschreiben) qilib jo‘natishingizni so‘rayman. Hujjatning idorada tasdiqlangan nusxasi (amtlich beglaubigte Kopie) Siz yashaydigan joyning kommunal xizmat ko‘rsatish idorasida (Rathaus) qilinadi. Hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi (notariell beglaubigte Kopie) notarius ofisida qilinadi.

Tarjimalar 1-2 kunda tayyor bo‘ladi va Sizga pochta orqali 1-3 kunda yetib boradi.

Tarjimalarim bilan Sizga yordam berishdan mamnunman.

Savollar tug‘ilsa, murojaat qilishdan tortinmang.

Gulira’no Maripova

* * *

Aloqa formulyari

    Siz berayotgan ma’lumotlar qat’iyan sir saqlanadi.
    Iltimos, so‘rovnomani to‘liq to‘ldiring.

    Ism va familiyangiz (to‘ldirilishi shart)

    E-mail adresingiz (to‘ldirilishi shart)

    Hujjat yoki matn qaysi tilga tarjima qilinishi kerak?

    Xabaringiz

    Hujjatni yuklash

    Hissoblab javobni yozing.