Tarjima tillari
o‘zbek tili ↔ nemis tili
rus tili ↔ nemis tili
o‘zbek tili ↔ rus tili
Adliya uchun tarjima
Rasman qasamyod qabul qilgan nemis, o‘zbek va rus tillari tarjimoni sifatida men sud jarayonlariga jalb etilaman. Bundan tashqari politsiya organlari va tibbiyot muassasalariga ham yordam ko‘rsataman.
Delegatsiyalar, firmalar va jismoniy shaxslar uchun tarjima
Ish yuzasidan va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun safarlar, miting va uchrashuvlar doirasida delegatsiyalar, firma vakillari va alohida jismoniy shaxslar uchun malakali og‘zaki tarjima xizmati havola etiladi.
Og‘zaki tarjima uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun menga safar rejasi, ishtirokchilar ro‘yxati, namoyish etiladigan materiallar (PowerPoint prezentatsiyalari) va shu kabi boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni oldindan jo‘natishingizni so‘rayman.
Safarni tashkillashtirish va delegatsiyaga hamrohlik
Zarurat bo‘lsa, safarni uyushtirishga ko‘mak berilishi va delegatsiyaga safar paytida to‘liq hamrohlik qilinishi mumkin.
Ingliz va ispan tillari
Kamina ingliz va ispan tillarini ham bilaman. Delegatsiyaga hamrohlik paytida ushbu tillardan o‘zbek yoki rus tiliga oddiy turdagi tarjimalar amalga oshirilishi mumkin.