Yozma tarjima

Tarjima tillari
o‘zbek tili ↔ nemis tili
rus tili ↔ nemis tili
o‘zbek tili ↔ rus tili

TARJIMA MAVZULARI

Umumiy mavzular
Umumiy mavzudagi matnlar, xatlar, risolalar, varaqalar, plakatlar va h.

Hujjatlar
Tasdiqlangan tarjimalar (beglaubigte Übersetzungen):
• Pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar
• Tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik yoki o‘lim haqida guvohnomalar
• Shahodatnomalar
• Diplom va ilovalar
• Mehnat daftarchalari
• Haydovchilik guvohnomalari
• Fuqarolik ishlari bo‘yicha hujjatlar
• Ishonchnomalar
• Sertifikatlar
• Ma’lumotnomalar
• va boshqa turdagi hujjatlar

Huquq va siyosat
• Jinoyat va fuqarolik huquqiga oid yuridik matnlar tarjimasi
• Sud qarorlari
• Prokuratura aybnomalari
• Idoralarning turli xil hujjatlari
• Xalqaro shartnomalar
• Chiqish va ma’ruzalar
• Ilmiy maqolalar
• va h.

Biznes va marketing
• Savdo reestridan ko‘chirmalar
• Nizomlar
• Yillik hisobotlar
• Turli shartnomalar
• Risola va varaqalar
• Veb saytlar

Tibbiyot va farmatsevtika
• Tibbiy ma’lumotnomalar
• Kasallik tarixidan ko‘chirmalar
• Risola va varaqalar
• Ekspertizalar
• Farmatsevtikaga oid xalqaro qonun-qoidalar
• Dori-darmon vositalari qo‘llanmasi
• va h.

Texnika va oziq-ovqat sanoati
• Uskunalarning qo‘llanmasi
• Yorliqlardagi yozuvlar

Audio va video
• Audiovizual tarjimalar
• Transkripsiya, audio va videomateriallarni yozma shaklga keltirish
• Subtitrlar, masalan kinofilmlar ostidagi yozuvlar

Tasdiqlangan tarjimalar
Kaminaga tarjimalarni to‘g‘ri va to‘liq bajarganligimni imzo qo‘yib va muhr bosib tasdiqlash vakolati berilgan. Ushbu tarjimalar barcha nemis muassasalari va rasmiy joylarda tog‘ridan tog‘ri tan olinadi. Ularni idorada yoki notariusda qo‘shimcha tasdiqlattirish talab etilmaydi.

Tasdiqdagi belgi
Ko‘rsatmaga muvofiq, har bir tasdiqlanayotgan tarjimada hujjatning asl nusxasi, tasdiqlangan yoki oddiy fotonusxasi qo‘llanganligi ko‘rsatib o‘tilishi shart.

Sizdan iltmos, avval hujjatingizni qabul qiladigan idorada tarjima hujjatning aslidan qilinishi shartmi yoki yo‘qligini aniqlang. Agarda tarjima uchun hujjatning asli yoki tasdiqlangan nusxasi qo‘llanishi kerak bo‘lsa, uni menga taqdim etishingizni va pochta orqali buyurtma xat (per Einschreiben) qilib jo‘natishingiz so‘rayman. Mening manzilimni olish uchun menga e-mail yoki telefon/SMS orqali murojaat qiling.

Bundan tashqari, agar hujjatning muayyan qismlari tarjima qilingan bo‘lsa, bu ham tasdiqdagi belgida alohida ta’kidlab o‘tiladi.

Ism-sharifning yozilishi pasportga qarab
O‘zbekistonda berilgan turli xil hujjatlarda hujjat egasining ism-sharifi ko‘pincha xato yoki har xil yozilib ketgan bo‘ladi, masalan G‘ofur To‘xtayev, Gofur Tohtayev, Ghafur Tukhtaev va h. Shuning uchun tasdiqlangan tarjima uchun menga hujjat egasining familiyasi, ismi va otasining ismini lotin yozuvida, pasportning rasmli betidagi ko‘rinishida yozib yuborishingizni yoki yaxshisi pasportdan olingan nusxani jo‘natishingizni so‘rayman.

Tarjima nusxalari
Kerak bo‘lsa, tarjimaning qo‘shimcha nusxalari qilib berilishi mumkin. Shu tariqa, tarjima nusxasining idoradagi yoki notarial tasdig‘i uchun (amtlich/notariell beglaubigte Kopie der beglaubigten Übersetzung) ketadigan ovoragarchilik va xarajatni tejab, kerakli joyga osongina tarjimaning asl nusxasini topshirishingiz mumkin. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, Sizga tarjimani nusxasi yana kerak bo‘lib qolsa ham, qo‘shimcha nusxalar tezda tayyorlab, pochta orqali jo‘natib yuborilishi mumkin.

Yetkazib berish
Tarjimalar oddiy pochta qilib (Standard-Großbrief) „Deutsche Post“ pochta xizmati orqali jo‘natilinadi. Agarda pochtani buyurtma xat (per Einschreiben) qilib yo‘llanishini istasangiz, menga buni buyurtma berishdan oldin ma’lum qiling.

Oradagi masofa
Tarjimonning manzili tarjima tayyorlanishining tezligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Tarjima pochta orqali yuborilib, Sizga 1-3 kunda yetib boradi. Binobarin, ushbu masalada ikkilanmay, Germaniyaning qaysi federal yerida istiqomat qilishingizdan qat’iy nazar, menga murojaat qilavering. Biroq, mabodo, hujjatni o‘zingiz shaxsan taqdim etib, tarjimani ham shaxsan olib ketishni istasangiz, Bonn tomonlarga tashrif buyurishingiz kerak bo‘lishini nazarda tuting.

O‘zbekistonda qilingan tarjimalar
O‘zbekistonda amalga oshirilib notarius tasdig‘idan o‘tgan tarjimalar Germaniya idoralari, universitetlar va boshqa muassasalarda odatda qabul qilinmaydi. Hujjatlar Germaniyada vakolatli tarjimon (ermächtigter/beeidigter Übersetzer) tomonidan tarjima qilinib, tasdiqlanishi talab etiladi.

O‘zR elchixonasi va konsulxonasi uchun tarjimalar
O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi va konsulxonasida ham odatda nemis tilidan qilinadigan tarjimalar vakolati bor tajimon (ermächtigter/beeidigter Übersetzer) tomonidan amalga oshirilishi talab qilinadi.

Idoraviy yoki notarial tasdiqlar amalga oshirilmaydi
Vakolat berilgan tarjimon sifatida kamina faqat o‘z tarjimalarimni tasdiqlashim, ya’ni tasdiqlangan tarjimalarni (beglaubigte Übersersetzungen) tayyorlab berishim mumkin. Idora yoki notarius vakolatiga ega emasman va shu bois, hujjatning aslidan qilingan nusxalarini tasdiqlab bera olmayman.

Hujjatning tasdiqlangan nusxasi (amtlich/notariell beglaubigte Kopie) Siz yashaydigan joyning kommunal xizmat ko‘rsatish idorasida (Rathaus/Bürgerhaus/Stadthaus) yoki notarius ofisida amalga oshiriladi.

Maslahat berish va ko‘mak
Ishingiz borasida Sizga tajribamdan kelib chiqqan holda maslahat berishim mumkin. Shuningdek, tegishli idora bilan bog‘lanib, ishingiz hal etilishi, chunonchi, Sizning nomingizdan qo‘ng‘iroq qilib, xat yoki e-mail yo‘llanishi yohud internetda kerakli ma’lumotlar topib berilishi mumkin.

Sifat uchun kafolat
Hajmi katta va nisbatan mukammal tarjimalar tarjima qilinayotgan tilni ona tili sifadiga qo‘llovchi hamkorlar bilan birga olib boriladi. Ular mening tarjimalarimni professional ravishda tekshiruvdan (korrektoratdan) o‘tkazib berishadi.

Korrektura (musahhihlik)
Shaxsan Siz yoki boshqa kishi tomonidan amalga oshirilgan tarjima matni tekshirib berilishi mumkin, albatta. Biroq tarjimaning ushbu korrekturasi tasdiqlab berilmaydi. Ta’kidlab o‘tish joizki, aksari hollarda korrektura yangitdan qilingan tarjimaga nisbatan ko‘proq vaqt sarf etilishini taqozo etadi.

O‘zbek tilida ixtisoslashuv
O‘zbek tili g‘arb davlatlarida, shu jumladan, Germaniyada noyob tillar sirasiga kiradi. Shuning uchun bu yerda ma’lum bir sohaga, masalan, faqat tibbiyotga ixtisoslashgan tarjimonni topish juda qiyin. Shunday ekan, men murakkabligiga qarab, deyarli barcha sohalarga oid tarjimalarni amalga oshiraman – yuridik matndan boshlab, to texnikaga oid matnlargacha. Sifatli lug‘atlar va terminologiya bazalarini yetishmasligi bois, ushbu tarjimalarni ustida ishlash nisbatan qiyin kechadi.

Ingliz va ispan tillari
Shuningdek, kamina ingliz va ispan tillarini ham bilaman. Oddiy turdagi matnlarni o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilib berishim mumkin. Biroq bunday tarjimalarni tasdiqlash vakolatim bo‘lmagani sababli tasdiqlab berolmayman.