O‘qishga hujjat topshirish

studieren und arbeitenHurmatli abiturientlar, bo‘lg‘usi studentlar! Hozir, ya’ni iyun va iyul oylari, Germaniya oliygohlariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish vaqti. Shahodatnoma va diplomlarning O‘zbekistonda qilingan tarjimalari Germaniyada tan olinmasdan, abiturientlar yana menga qayta-qayta murojaat qilishyapti. Ogoh bo‘ling! O‘qishga hujjat topshirish haqida rasmiy ma’lumotlarni oliygohni o‘ziga borib oling yoki rasmiy internet saytlari bilan tanishib chiqing. Harakatingizni vaqtliroq qiling, aks holda 1-2 semestr kutib qolishingiz mumkin.

Tarjimalar (beglaubigte Übersetzungen) masalasida menga murojaat qilishingiz mumkin, hamma ma’lumotlar shu saytda.

Germaniyada ishlab o‘qish uchun maslahatlar esa bu yerda: http://www.gulirano-maripova.com/ish-qidirish/.

Ishlaringizga omad tilab qolaman!

Gulira’no Maripova, vakolatli tarjimon
Bonn, 15.06.2017